«sharl mishel» tegli maqolalar


Yevrokengash rahbari Sharl Mishel iste’foga chiqish fikridan qaytdi
30 yanvar 2024, 00:56

Yevrokengash rahbari Sharl Mishel iste’foga chiqish fikridan qaytdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi, u o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mishel lavozimidan ertaroq ketish haqidagi qaroriga bo‘lgan “keskin munosabat” sababli rejalarini qayta ko‘rib chiqqan.

Sharl Mishel Yevropa kengashi prezidenti lavozimini muddatidan oldin tark etmoqchi
7 yanvar 2024, 14:03

Sharl Mishel Yevropa kengashi prezidenti lavozimini muddatidan oldin tark etmoqchi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel iyulda bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlarida ishtirok etmoqchi. Shu sababli u o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etishga qaror qildi. Gap shundaki, bir paytda Yevropa kengashi rahbari va Yevroparlament a’zosi lavozimlarini egallash mumkin emas.

O‘zbekiston va Yevrokengash prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
19 sentabr 2023, 08:08

O‘zbekiston va Yevrokengash prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni tezlashtirish, savdo va sarmoya hajmini oshirish, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi
5 iyun 2023, 09:55

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da berdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Markaziy Osiyoning beshta davlati yetakchilarini ularning mamlakatlari Rossiyaga qarshi joriy etilgan cheklovlarni buzsa, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar qo‘llamasligiga ishontirdi. Sanksiyalar faqat “Rossiya urush mashinasini qo‘llab-quvvatlaganlarga” nisbatan qo‘llanadi.

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
2 iyun 2023, 14:40

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.

Markaziy Osiyo va Yevroittifoq davlatlari rahbarlari uchrashuvlarini muntazam o‘tkazishni rejalashtiryapmiz — Sharl Mishel
28 oktabr 2022, 22:37

Markaziy Osiyo va Yevroittifoq davlatlari rahbarlari uchrashuvlarini muntazam o‘tkazishni rejalashtiryapmiz — Sharl Mishel

Yevrokengash rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan Rossiya va Ukraina urushi, uning Markaziy Osiyo va dunyo uchun oqibatlari, energetika inqirozi va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi. «YeIning yashirin kun tartibi yo‘q, biz tinchlik va xavfsizlikning asosiy tamoyillariga asoslanamiz», dedi u.

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi
28 oktabr 2022, 19:41

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.

Yevrokengash rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
9 oktabr 2022, 07:46

Yevrokengash rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi
4 iyul 2022, 17:35

Yevropa kengashi prezidenti Nukusdagi namoyishlar qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Nukusdagi namoyishlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Qolaversa, u vaziyatni ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting